platina.uz
Siyosat

“Yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerak” – Shavkat Mirziyoyev

“Hech shubhasiz, yangi Konstitutsiya – biz boshlagan islohotlarni izchil davom ettirib, eng muhimi, ularga ortga qaytmaydigan tus berishi muqarrar”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda boʻlib oʻtayotgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida.
“Yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerak” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi davomida islohotlar jadal davom etishi, yurtimizda biznes emin-erkin rivojlanishi uchun yanada mustahkam huquqiy poydevor kerakligini taʼkidladi.

“Yaqin kunlarda Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi boʻyicha umumxalq referendumi oʻtkaziladi.

Eng avvalo, yangi Konstitutsiyada Oʻzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani alohida belgilanmoqda. Barcha oʻzgartirishlarning tub negiziga “inson huquqlari va erkinliklari ustuvor” degan ezgu gʻoya qoʻyilmoqda. Shuningdek, Konstitutsiyamizda ilk bor qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini taʼminlash, mulk daxlsizligi, bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, sud mustaqilligi boʻyicha davlat oʻziga majburiyatlar olmoqda.

“Hech shubhasiz, yangi Konstitutsiya – biz boshlagan islohotlarni izchil davom ettirib, eng muhimi, ularga ortga qaytmaydigan tus berishi muqarrar”, - dedi Prezident.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid