platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida tovlamachilik bilan pul undirmoqchi boʻlgan guruh qoʻlga olindi

"Imperator" laqabi bilan tanilgan shaxs va uning sheriklari qarz evaziga berilgan pullardan foiz sifatida 1000 dollarini tovlamachilik yoʻli bilan talab qilib kelgan.

Toshkent viloyatida tovlamachilik bilan pul undirmoqchi boʻlgan guruh qoʻlga olindi

Toshkent viloyati IIBB Tezkor-qidiruv xizmati va DXX xodimlari tomonidan qarz evaziga berilgan pullardan foiz sifatida 1000 AQSh dollarini tovlamachilik yoʻli bilan talab qilgan jinoiy guruh ushlandi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 2022 yil mart oyida oldindan tanish boʻlgan “Imperator” laqabi bilan tanilgan shaxsdan 2023 yil aprel oyida qaytarish sharti 3800 dollar miqdorida qarz olgan.

Ushbu pullarni 3600 dollari qaytarib, qolgan 200 dollarini qaytarish vaqtida unga muddatini oʻtkazib yuborilganligini sabab qilib koʻrsatib, “koʻcha yechimi bilan hal etish” bilan qoʻrqitib, ushbu pullarga yana 1000 dollari qoʻshib berishini talab qilgan.

Chorasiz qolgan qarzdor Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Joriy yilning 17 aprel kuni, Toshkent viloyati IIBB TQX va DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida muqaddam 6 marotaba sudlangan jinoiy guruh yetakchisi va uning 6 nafar aʼzolari qoʻlga olindi.

Jinoiy guruh ariza muallifidan yuqoridagi pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib 7 nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid