platina.uz
Jamiyat

Toshkent-Istanbul yoʻnalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Ona va yangi tugʻilgan chaqaloq shifoxonaga yotqizildi, ularning ahvoli barqaror.
Toshkent-Istanbul yoʻnalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Joriy yil 26 aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Istanbul yoʻnalishi boʻyicha uchgan HY-273 reysi samolyoti bortida chaqaloq tugʻildi.

Uzbekistan Airways axborot xizmatining maʼlum qilishicha, chaqaloq samolyot Istanbulga yaqinlashayotganda tugʻilgan.

Maʼlum qilinishicha, chaqaloqning onasi – 1996 yilda tugʻilgan oʻzbekistonlik Sitora A., birdan oʻzini yomon his qila boshlagan va styuardessani chaqirgan. Styuardessalar esa samolyotda vrach boʻlsa, ayolga yordam koʻrsatishni iltimos qilishgan. Oradan koʻp oʻtmasdan yoʻlovchi ayol homiladorligining 28-haftasida chaqaloqni dunyoga keltirgan.

"Samolyot muvaffaqiyatli qoʻngach, bortga Istanbul xalqaro aeroportining tibbiy personali koʻtarildi. Ona va chaqaloq kasalxonaga yotqizildi, ularning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda", – deyiladi rasmiy maʼlumotda.

Uzbekistan Airways chaqaloqning tugʻilishiga koʻmaklashgan yoʻlovchilarga minnatdorlik bildirdi va ularga esdalik sovgʻalari berilishini maʼlum qildi. Aytilishicha, chaqaloq "Butunjahon uchuvchilar kuni"da tugʻilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid