platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Ushbu tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlatimiz rahbari forumning yalpi majlisida nutq soʻzlaydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, BMT Bosh kotibining oʻrinbosari Olga Algayerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan ham qatnashadi. Sessiyaga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari boʻyicha direktori Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.

Davlatimiz rahbari forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi ham rejalashtirilgan.

Umuman, tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid