platina.uz
Jamiyat

Qaysi vazirlik byudjet ochiqligida faol, qay biri qoloq?

Hisob palatasi oʻrganishlari natijasida 2022 yilning 2-choragida davlat idoralarining byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotning joylashtirilishi boʻyicha hududiy hokimliklarning 83 nafar masʼul xodimiga “Hayfsan” hamda 2 nafariga esa “Jarima” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan. 2022 yilning 3-4-chorak tahlillari natijasi ham quvonarli deb boʻlmaydi.
Qaysi vazirlik byudjet ochiqligida faol, qay biri qoloq?

Xususan, tanlov asosida oʻrganilgan 133 ta tashkilotlar tomonidan rasmiy veb-saytlariga byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan maʼlumotlarning 2022 yil 10 fevral holati boʻyicha joylashtirilishi tahlil qilinganda, quyidagilar aniqlangan:

  • 66 ta vazirlik va idorada tegishli maʼlumotlar toʻliq ravishda joylashtirilgan;
  • 13 ta vazirlik va idorada tegishli maʼlumotlar qisman taqdim qilingan;
  • 54 ta vazirlik va idorada esa tegishli maʼlumotlar umuman joylashtirilmagan.

Ushbu taqdimnomalarga asosan hududiy hokimliklarda maʼlumotlarni veb-saytlarga joylashtirishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 83 nafar masʼul xodimga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi hamda 2 nafar masʼul xodimga nisbatan “Jarima” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

2022 yil III chorak davomida 137 ta davlat tashkilotlari oʻrganilib, 95 ta tashkilot (69%) tomonidan barcha maʼlumotlarni joylashtirgani, 22 tasi (16%) maʼlumotlarni toʻliq joylashtirmagani hamda 20 tasi (15%) maʼlumotlarni umuman joylashtirmagani aniqlandi.

Natijada, Hisob palatasi tomonidan Nizom talablariga rioya qilmagan 11 ta vazirlik va idoralarning 12 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1757-moddasi (Byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, sudlarga murojaat qilindi va ularning tegishli qarorlari chiqarilishiga erishildi.

2022 yil IV chorak yakunlari boʻyicha 134 ta vazirlik va idoralarning byudjet jarayonining ochiqligi sohasidagi faoliyati oʻrganildi. Ushbu davr mobaynida, 72 tasi davlat tashkiloti maʼlumotlarni toʻliq joylashtirgani, 24 tasi – toʻliq joylashtirmagani va 38 tasi – umuman joylashtirmagani aniqlandi.

Hisob palatasi yuqorida keltirilgan davlat tashkilotlari tomonidan byudjet jarayonining ochiqligiga doir maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlarga oʻz vaqtida va toʻliq joylashtirilishini taʼminladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid