Qariyb 4500 dollarga PUBG profilini sotib, uni bermagan samarqandlik voyaga yetmagan bola ushlandi
Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 16 yoshli bolaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli T.J oʻziga tegishli boʻlgan Telegram messenjerdagi “FRENZY AKKAUNT”ti orqali “PUBG” oʻyinining profilini 7.000 AQSh dollariga sotishi haqida reklama joylashtirgan.
Ushbu oʻyindagi profilini oʻziga oldindan tanish boʻlmagan Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashovchi 14 yoshli I.S.ga sotishligiga kelishib, undan jami 4.450 AQSh dollar miqdoridagi pullarni oʻziga tegishli boʻlgan plastik kartasiga oʻtkazib, I.S.ga esa “PUBG”dagi profilini bermasdan, undan olgan pullarni oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan T.J.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
