platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishdan manfaatdor – Shavkat Mirziyoyev

Hozir aʼzo mamlakatlar bilan muzokaralar olib borish hamda milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti qoidalari bilan uygʻunlashtirish qizgʻin bosqichda.
Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishdan manfaatdor – Shavkat Mirziyoyev

“Alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman, Jahon savdo tashkiloti talablari islohotlarimiz mazmuniga toʻla mos va biz ushbu nufuzli tashkilotga tezroq aʼzo boʻlib kirishdan manfaatdormiz”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda boʻlib oʻtayotgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida.

Hozir aʼzo mamlakatlar bilan muzokaralar olib borish hamda milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti qoidalari bilan uygʻunlashtirish qizgʻin bosqichda ekanligini maʼlum qildi Prezident.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid