Oliy Majlis deputati Xitoy elchisiga javob qaytardi

“Vatanimiz Oʻzbekistonni suveren demokratik respublika sifatida 150 dan ortiq davlatlar tan olgan.
Jumladan,
- Xitoy - 1991 yil 27 dekabrda
- AQSh - 1991 yil 25 dekabrda xalqaro maydonda mustaqil subʼekt sifatida tan olgan.
- Rossiya bilan 1992 yil 20 martda diplomatik aloqalar oʻrnatish boʻyicha protokol imzolangan va Oʻzbekiston mustaqil mamlakat sifatida eʼtirof etilgan.
Mamlakatimiz BMT, YeXHT, MDH, Turkiy davlatlar tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli tuzilmalarning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi.
Mamlakatimizda 120 dan ortiq millat va elatlar tinch-totuv va hamjihatlikda yashab kelmoqdalar. 36 millionlik Oʻzbekiston aholisi 2030 yilda 40 millionga, 2040 yilda 50 millionga yetishi prognoz qilinmoqda.
Biz 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega boʻlgan yurtmiz.
Shu tufayli, postsovet xududidagi mamlakatlarning mustaqilligi borasidagi har qanday shubhalar va ziddiyatli fikrlarning Oʻzbekistonga hech qanday aloqasi yoʻq.
Oʻzbekiston mustaqilligi daxlsizdir” deya munosabat bildirgan Bobur Bekmurodov.
Eslatib oʻtamiz: Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shay sobiq ittifoq davlatlarining "xalqaro huquqiy maqomga ega emas"ligini aytgani keskin norozilikka sabab boʻlgandi. Xitoy esa oʻz elchisi bayonotini inkor qilib, suhbatni esa tarmoqdan oʻchirgandi.