platina.uz
Siyosat

Bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi

Oʻzbekistonda avvallari “yopiq” boʻlgan tarmoqlarga xususiy investitsiyalar faol kirib kelmoqda.
Bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda boʻlib oʻtayotgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida yaqin-yaqingacha iqtisodiyotning muhim tarmoqlari faqat davlat korxonalaridan iborat boʻlganini, hozir esa vaziyat butkul oʻzgarganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, islohotlar natijasida oldinlari “yopiq” boʻlgan tarmoqlarga xususiy investitsiyalar faol kirib kelmoqda.

Misol uchun, avval 100 foiz davlat tarmogʻi hisoblangan aviatsiya sohasida xususiy sektorga keng yoʻl ochildi.

“Biz transport sohasida raqobat muhitini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettiramiz. Bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvini ham xususiy sektorga topshiramiz.

Temir yoʻl sohasida ham katta oʻzgarishlarni boshlayapmiz va bunda investorlar faol ishtirok etishlarini soʻrab qolaman”, - dedi Prezident.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid