platina.uz
Jamiyat

2025 yilga borib dunyoda har ikki kishidan biri allergiyadan aziyat chekishi mumkin

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, hozir Yer yuzi aholisining 35-40 foizi allergiyadan aziyat chekmoqda. Har uch kishidan biri allergik rinit, har oʻninchi odam bronxial astmaga chalingan.
2025 yilga borib dunyoda har ikki kishidan biri allergiyadan aziyat chekishi mumkin

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Ilmira Roziqova allergiya borasida muhim fikrlarni bildirdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, hozir Yer yuzi aholisining 35-40 foizi allergiyadan aziyat chekmoqda. Har uch kishidan biri allergik rinit, har oʻninchi odam bronxial astmaga chalingan.

Bu atrof-muhit ifloslanishi, kimyoviy qoʻshimchalar va konservantlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli ortishi, dori vositalarini haddan tashqari koʻp qabul qilish, kam xarakatlilik, stress kabi omillar bilan bogʻliq.

Eng yomoni, vaziyat kelgusida yanada yomonlashishi mumkin. Jumladan, JSST prognoziga tayansak, 2025 yilga borib, dunyo aholisining teng yarmi allergik kasalliklar bilan kurashishiga toʻgʻri keladi. Baʼzi rivojlangan mamlakatlar esa hozirdanoq ushbu chiziqqa yetib ulgurdi.

Vaholanki, bundan 50-60 yil avval allergik kasalliklar sayyoramiz aholisining bor-yoʻgʻi 2-3 foizida uchragan. Biroq keyingi oʻn yilning oʻzida bu dardga chalingan bemorlar soni 2 barobar oshdi.

Ayniqsa, globallashuv jarayoni jadal kechayotgan AQSh, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida bu borada vaziyat ancha xavotirli.

Qolaversa, koronavirus insoniyat boshiga tushgan ogʻir sinov boʻldi. Mazkur xavfli infeksiyaga chalinganlarni davolashda antibiotiklar, ferment va garmon preparatlari, vitaminlar, qon suyultiruvchi vositalardan koʻp miqdorda foydalanish allergik kasalliklarni avj oldirib yubordi.

Oqibatda anafilaktik shok, toksikoallergiya, Layella va Stivens-Djonson sindromi kabi oxiri oʻlim bilan yakun topadigan allergik kasalliklar koʻpaydi. Shu sababli bugun allergiya epidemiyaga qiyoslanmoqda.

Bundan tashqari, nosogʻlom turmush tarzi insoniyat salomatligiga jiddiy putur yetkazyapti. Notoʻgʻri ovqatlanish — ular orasida eng keng tarqalgan omil. Bu xastalik asosan bolalar, xususan, emizikli goʻdaklar orasida koʻp uchraydi. Uning xatarli tomoni – allergenning kam miqdori ham baʼzan inson hayotiga xavf tugʻdirishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid