platina.uz
Jamiyat

Yana poytaxtda voyaga yetmagan qizlar bezorilik qilishdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda poytaxt IIBB  rasmiy munosabat bildirdi.
Yana poytaxtda voyaga yetmagan qizlar bezorilik qilishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir nechta qizlar oʻzaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea joriy yilning 25 aprel kuni soat taxminan 15.00 larda Shayxontohur tumani “Samarqand darvoza” MFY, Uchlola koʻchasi 4-uyning yertoʻla qismida sodir boʻlgan.

Aniqlanishicha, shu tumandagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi 7-sinf oʻquvchisi (2010-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan) S.S. dugonalari Ch., S., T. va G.lar bilan birga shu maktabning 8-sinf oʻquvchisi (2009-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan) K.M.ni doʻpposlagan hamda tasvirga olingan videoni oʻzining instagramm sahifasiga joylagan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 13-aprel sanasida ham poytaxtda 8-sinf oʻquvchisini “samosud” qilgan qizlarga Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid