platina.uz
Jamiyat

Uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi

2 nafar sudyaning salomatligi, 1 nafarining esa Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi muddatidan ilgari vakolatini tugatishga sabab boʻlgan.
Uch nafar sudya lavozimidan ozod etildi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi Xoljigitov Sherzod Mirzaliyevich va Xorazm viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Matniyazov Jamol Zaxirovich salomatliklari tufayli yozma arizalariga binoan lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Shuningdek, Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun Ibodov Avazjon Niyozovichning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid