platina.uz
Jamiyat

Samarqandda Angliyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan holatga koʻra u firibgarlik yoʻli bilan 3 000 AQSh dollarini qoʻlga kiritgan.
Samarqandda Angliyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Camarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida fuqaroni chet elga yuborishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.Q. fuqaro T.Sh.ning oʻgʻli va yaqin qarindoshini Angliya davlatiga ishga yuborish evaziga firibgarlik yoʻli bilan 3 000 AQSh dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 800 AQSh dollarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid