Koreyaga ishga borish testiga birovning oʻrniga kirgan shaxs ushlandi

EPS-Topik test imtihonida noqonuniy kirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi.
Xususan, Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, roʻyxatdan oʻtgan fuqaro A.U oʻrniga boshqa fuqaro kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
"Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz", deyiladi xabarda.
