Isteʼmolchilar qaytarib olgan keshbeklar miqdori 1 trln soʻmdan oshdi

Ayni paytga qadar ularning 1,6 mln nafariga 76,3 mlrd soʻm toʻlab berilgan. Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida oʻtgan oylar uchun yana 1,2 mlrd soʻm keshbek tasdiqlangan. Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar esa 1 trln 79 mlrd soʻmdan oshgan.
Qoʻmitaning maʼlum qilishicha, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan:
- soliq hisobotlari topshirilishi;
- hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
- soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari ham avtomatik tarzda toʻlab boriladi.