Endi ham daraxtlarga zarar yetkazib boʻpsiz

Tabiat resurlari vazirligi tomonidan daraxtlarni asrashga qaratilgantelegram bot — @ecogovuz_botishga tushirildi.
Maqsad aholining eʼtiborini daraxtlarni asrashga jalb qilib, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir.
Telegram bot quyidagi funksiyalardan iborat:
- murojaatni qaysi tilda yuborishni tanlaysiz;
- ism-sharifingiz hamda aloqa uchun telefon raqamingizni kiritasiz;
- murojaat qilinayotgan hududni tanlaysiz;
- shikast yetkazilgan daraxtning joylashuvini (geolokatsiyasi) yuborasiz;
- daraxtga yetkazilgan zarar haqida maʼlumot va ushbu holat aks etgan suratni yuborasiz.
"Bot orqali murojaatingizning oʻrganilish holati haqida ham maʼlumot olishingiz mumkin", deyiladi xabarda.