Xitoy oʻz elchisi bayonotini inkor qildi, suhbat esa oʻchirildi

“Xitoy barcha mamlakatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomining maqsad va tamoyillarini qoʻllab-quvvatlaydi”, deyiladi Xitoy TIV bayonotida.
Buning ortidan Fransiyadagi Xitoy elchixonasi bugun elchining xitoy va fransuz tillarida joylashtirilgan soʻzlarining toʻliq stenogrammasini oʻzining rasmiy WeChat sahifasidan oʻchirdi. Suhbat elchixonaning rasmiy saytida ham chop etilmadi.
Avvalroq elchi Lu Shay sobiq ittifoq davlatlarining haqiqiy mustaqilligini shubha ostiga olgan va "xalqaro huquqiy maqomga ega emas"ligini aytgan edi.