Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 3 oyda qanchaga yetgani maʼlum qilindi

2023 yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,6 mlrd AQSh dollariga yoki 11,9 foizga oshgan.
Maʼlum qilinishicha, 3 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 5,7 mlrd AQSh dollari va import 9,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.
Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar-mart oylarida jahonning 167 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida 5 mlrd AQSh dollarini, fevralda qariyb 4 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan edi.