Qorakoʻl tumanida maktab direktori tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi

Voqea tafsilotlariga koʻra, Qorakoʻl tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan birining rahbari, "Xoʻjakon" mahallasida yashovchi, 1965 yilda tugʻilgan J.F. oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlikka qoʻl urgan.
Mansabdor fuqaro B.M. ismli erkakni maktab qoruvuli, N.S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga qabul qilganligi evaziga ushbu maktab xoʻjalik ishlari boʻyicha mudirasi X.G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng kimyoviy ishlov berilgan 900.000 soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.