Poytaxtda 8-sinf oʻquvchisini “samosud” qilgan qizlar shaxsi aniqlandi

Toshkent shahar IIBB ning aniqlashicha, voqea joriy yilning 13 aprel kuni taxminan soat 12.30 larda sodir boʻlgan. Tafsilotlarga koʻra, voyaga yetmagan, 2006 yilda tugʻilgan H.S. va 2007 yilda tugʻilgan D.U.lar Yangihayot tumani 8-hududdagi qurilishi tugallanmagan obʼekt hududida jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, voyaga yetmagan 2009 yilda tugʻilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.