platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada sodir boʻlgan YTHda ikki nafar yoʻlovchi halok boʻldi

Qoʻqon shahrida Gentra va Mercedes-Benz avtomobillari oʻrtasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Natijada Mercedes-Benz avtomashinasida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchilar ogʻir tan jarohati olib, vafot etgan.
Fargʻonada sodir boʻlgan YTHda ikki nafar yoʻlovchi halok boʻldi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Qoʻqon shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 5 kishi vafot etganligi haqidagi xabar tarqaldi. Holat boʻyicha Fargʻona viloyati IIB maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 22 aprel kuni soat 08:00 larda berilgan dastlabki xabarga koʻra, haydovchi 1998 yilda tugʻilgan A.T Gentra rusumli avtomashinani shaharning Turkiston-Poʻstindoʻz koʻchalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan vaqtda, 1972 yilda tugʻilgan B.X boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli avtomashina 2-darajali yoʻldan chiqib kelishi natijasida YTX sodir boʻlgan.

Natijada Mercedes-Benz avtomashinasida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchilar ogʻir tan jarohati olib, vafot etgan.

Haydovchilar A.T va B.X.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid