platina.uz
Jamiyat

Bahorning qoq oʻrtasidagi sovuq qishloq xoʻjaligining qanchasini zararladi?

Joriy yilning 15-17 aprel kunlari yurtimizda kuzatilgan sovuq ob-havo sabab koʻpchilik “bu yil meva va sabzavotlar taqchil boʻlishi hamda narxi qimmatlashishi mumkin” degan xavotirda. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi Mirnosir ISROILOV batafsil izoh berdi.
Bahorning qoq oʻrtasidagi sovuq qishloq xoʻjaligining qanchasini zararladi?

Mutaxassisning maʼlum qilishicha, bahorning qoq oʻrtasida kuzatilgan harorat pasayishi tok oʻsimliklarining asosan bir yillik novdalariga taʼsir qilgan. Mevali oʻsimliklar esa zararlanmagan.

Demak, aholi orasidagi “bu yil meva va sabzavotlar taqchil boʻlishi hamda narxi qimmatlashishi mumkin” degan xavotirlarga oʻrin yoʻq.

Faqat hosildorlikni agrotexnika tadbirlar orqali saqlab qolish hamda kelasi yillar uchun novdalar oʻsishi, rivojlanishi taʼminlanishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid