platina.uz
Jamiyat

Toshkentda voyaga yetmagan qizga tegajoqlik qilgan fuqaroning shaxsi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizga nomaʼlum shaxs tegajogʻlik qilgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur fuqaroning shaxsi aniqlanganini va tekshiruv oʻtkazilayotganini maʼlum qildi.
Toshkentda voyaga yetmagan qizga tegajoqlik qilgan fuqaroning shaxsi aniqlandi

Aniqlanishicha, joriy yilning 19 aprel kuni taxminan soat 12.50 larda 2005 yilda tugʻilgan Z.B. Mirobod tumani, Inoqobod koʻchasida uyiga qaytayotgan vaqtida orqasidan 1997 yilda tugʻilgan Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Ozod O. kelib, quchoqlab, yuzidan oʻpib qoʻyib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan. Oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida Ozod O. ushlangan.

Tekshiruv jarayonida Ozod O. tomonidan Z.B.ning hech qanday buyumlari olib qoʻyilmaganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Tekshiruv natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid