platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonliklar Ramazon hayitida 4 kun ketma-ket dam oladi

Prezident farmoniga koʻra, 21 aprel – Ramazon hayiti kuni munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun – 21,22,23,24 aprel kunlari dam oladi.
Oʻzbekistonliklar Ramazon hayitida 4 kun ketma-ket dam oladi

Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida” farmoniga koʻra, Ramazon hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni boʻladi:

➖ 21 aprel, juma — Hayit bayrami;
➖ 22 aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
➖ 23 aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
➖ 24 aprel, dushanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasidagilar uchun koʻchirilgan (29 aprel shanbadan) dam olish kuni boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid