platina.uz
Jamiyat

Imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan AT Xalq banki masʼul xodimi ushlandi

U 2019-2022-yillar davomida fuqarolarni aldab, jami 61,7 mln. soʻmlik kredit mablagʻlarini ajratilishiga erishgan va kredit mablagʻlarini oʻz shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan AT Xalq banki masʼul xodimi ushlandi

Buxoroda fuqarolarning pulini oʻzlashtirib yuborgan bank xodimi ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Shofirkon tumani "Joʻshoʻra" mahallasida yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan F.Sh. AT Xalq bankining Galaosiyo filialida 2017-yildan 2022-yil oktabr oyiga qadar pensiya va nafaqa tarqatish boʻyicha buxgalter-nazoratchi lavozimida ishlab kelib, 2019-2022-yillar davomida AT “Xalq banki” Galaosiyo filialidan fuqarolar J.J., H.A., S.S. va N.Oʻ.larni aldab, ularning nomiga jami 61,7 mln. soʻmlik kredit mablagʻlarini ajratilishiga erishib, kredit mablagʻlarini oʻz shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid