platina.uz
Jamiyat

“Qashqadaryoda 14 yoshli qizning kaltaklanishi”ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoning Koson tumanida oʻgay ona eri bilan qizini ayamasdan kaltaklayotgani” aytilgan video tarqaldi. Bosh prokuratura voqea Qashqadaryoning Koson tumanida sodir boʻlganini tasdiqladi.
“Qashqadaryoda 14 yoshli qizning kaltaklanishi”ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda bir nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda” deya xabar berdi Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov.

Eslatib oʻtamiz: joriy yil 11 aprelda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–829-son, 11.04.2023 yil) Prezident tomonidan imzolangan. Qonunda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlik kiritilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid