Maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma qoʻllanilishi haqidagi Qonun imzolandi

Maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish kiritish boʻyicha Qonun (OʻRQ–830-son, 18.04.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra:
Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
Qonun 2023 yil 1 maydan eʼtiboran kuchga kiradi.