platina.uz
Jamiyat

Vokzallarda mashinalar toʻxtashi uchun yangi qoidalar tasdiqlandi

Aerovokzal, temir yoʻl va avtobus vokzallarida avtomashinalar qatnovi va toʻxtashi boʻyicha yangi qoidalar tasdiqlandi.
Vokzallarda mashinalar toʻxtashi uchun yangi qoidalar tasdiqlandi

Bu haqda “Aerovokzal, temir yoʻl va avtobus vokzallarida xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori imzolandi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • Aeroportlarning aerovokzal majmualarida va vokzal oldidagi maydonlarda xavfsizlikni taʼminlash tartibi toʻgʻrisida;
  • Temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchilar va tashrif buyuruvchilarning qoʻl yuki va bagajini koʻzdan kechirish, ularning temir yoʻl vokzallarida boʻlishi tartibi toʻgʻrisida;
  • Avtovokzallarda yoʻlovchilar va tashrif buyuruvchilarning qoʻl yuki va bagajini koʻzdan kechirish, ularning avtovokzallarda boʻlishi tartibi toʻgʻrisida.

Nizomga muvofiq quyidagi yangi qoidalar joriy qilinadi:

  • aerovokzal binolariga kirish joylariga yaqin kelib toʻxtash uchun faqat yoʻnalishsiz va yoʻnalishli taksilarga ruxsat etiladi, shaxsiy avtomobillar va jamoat transporti yoʻlovchilarni va tashrif buyuruvchilarni olib ketish va olib kelish uchun moʻljallangan avtomobil turargohi va toʻxtash joylariga yoʻnaltiriladi;
  • estakadadan foydalanish uchun yoʻlovchi tashish avtotransportlariga ruxsat beriladi, bunda yengil avtotransportlarga estakadada 5 daqiqagacha hamda avtobus va mikroavtobus avtotransport vositalariga 10 daqiqagacha toʻxtab turishga ruxsat beriladi;
  • barcha turdagi mashinalar aerovokzallar majmualari chegarasidan 30 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashtiriladi;
  • temir yoʻl vokzallarida koʻzdan kechirishdan oʻtish vaqti yoʻlovchilarning poyezdga chiqishga kechikishi uchun shart-sharoitlar yaratmasligi zarur, bunda koʻzdan kechirish vaqtini qisqartirish maqsadida koʻzdan kechirish tartib-qoidasini soddalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid