"Mening yoʻlim" loyihasining joriy yilgi mavsumiga start berildi

"Ochiq byudjet" axborot portalida "Mening yoʻlim" loyihasining joriy yilgi mavsumiga 17 apreldan start berildi.
Tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yoʻnaltirishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan "Mening yoʻlim" loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27 aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jaroyonlari 28 apreldan 7 may kuniga qadar oʻtkaziladi.