Fargʻonada hokimlik masʼuli 4000 dollar pora bilan qoʻlga tushdi

12 aprel kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbiri oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti, Fargʻona viloyati IIB hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda hokimiyat balansida boʻlgan 3 gektar yerni 4000 AQSh dollariga sotmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston tumani hokimligi xodimi qoʻlga olindi.