Andijonda hokimlik xodimi pichoqlandi

Joriy yilning 15 aprel kuni Andijon viloyati Xonobod shahrida hokimlik hodimi boʻlgan shaxs pichoqlangani haqida xabar tarqaldi.
Andijon viloyati prokuraturasiga koʻra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Xozirda jinoyat ishi yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.