platina.uz
Jamiyat

Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi

19 aprel kuni Toshkent metrosining bitta bekatida poyezdlar harakati toʻxtatiladi. Yoʻlovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qoʻshimcha avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi.
Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi

Toshkent metrosining Yer usti halqa yoʻli 7-bekatida 19 aprel kuni poyezdlar harakati bir kunga toʻxtatiladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK axborot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni I bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan oʻzaro bogʻlash maqsadida joriy yilning 19 aprel sanasida yerusti halqa yoʻlining 7-bekatida (Qoʻyliq) poyezdlar harakati toʻxtatiladi.

Maʼlum qilinishicha, poyezdlar harakati "Doʻstlik-2"—"6-bekat" oraligʻida tashkil etiladi. Shuningdek, yoʻlovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qoʻshimcha avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid