platina.uz
Jamiyat

"Qamchiq"da yuk mashinasi butunlay yonib ketdi

Buxorolik haydovchi yuk mashinaning boshqaruvini yoʻqotib, oʻrta temir toʻsiqga borib urilgan.
"Qamchiq"da yuk mashinasi butunlay yonib ketdi

Bugun, 15 aprel soat 02:48 da Toshkent-Oʻsh avtomabil yoʻlining 225 km Qoʻshminor Maxalla fuqarolar yigʻini xududida xarakatlanib ketayotgan yuk mashinasi baxtsiz hodisaga uchradi.

Maʼlum qilinishicha, Buxoro viloyati Shofirkon tumani Namuna maxalasida yashovchi fuqaro boshqaruvida boʻlgan “DAF” rusumli yuk moshinasi boshqaruvni yoʻqotib, oʻrta temir toʻsiqga urilib yoʻl transport hodisasi sodir etishi natijasida avtomashinada yongʻin kelib chiqgan. Yongʻin natijasida avtomashina va uni yukxonasi toʻliq yonib zararlangan.

Xodisa oqibatida tan jaroxati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Sodir boʻlgan yongʻin Qamchiq Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yongʻin qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 03-20 da toʻliq oʻchirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid