“Oʻzgidromet” may oyida kutilayotgan ob-havodan xabardor qildi

Kelayotgan may oyida respublikaning juda katta qismida meʼyordan kam yogʻin yogʻishi kutiladi. Namangan, Qashqadaryo va Qoraqalpogʻiston janubida meʼyor atrofida yogʻin kuzatilishi mumkin. Boshqa hududlarda oylik meʼyordan kam yogʻin kutilmalari mavjud. Oylik yuqori harorat shimolda kutiladi. Respublikaning asosiy hududlarida meʼyoriy harorat boʻlishi prognoz qilindi.