Toshkent viloyatidagi sport klubida 21 yoshli talaba yigit vafot etdi

Tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi sport klubida 21 yoshli talaba yigit vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi voqea tafsilotlarini ochiqladi.
"Yangiyoʻldagi sport klubida 21 yashar talaba yigit vafot etganligi holati yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Marhumning oʻlimi oʻtkir yurak yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqanligi koʻrsatilgan".
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda 8-sinf oʻquvchisi vafot etgani xaqida xabar bergandik.