platina.uz
Jamiyat

Andijonda oʻqituvchi bosimga uchradi

Matematika fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritadigan murojaatchining soʻzlariga koʻra, maktabning oʻquv tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari ish boshlaganidan buyon yigʻishlarda uni obroʻsizlantirishgat harakat qilib kelgan va unga bosim oʻtkazish orqali dars soatlarini oʻz tanishlariga oʻtkazib bergan.
Andijonda oʻqituvchi bosimga uchradi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili nomiga Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro O.Q.dan ish faoliyatida mehnat huquqlarining buzilayotgani boʻyicha murojaat kelib tushdi.

Tumandagi maktablardan birida matematika fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritadigan murojaatchining soʻzlariga koʻra, shu maktabning oʻquv tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari ish boshlaganidan buyon yigʻishlarda uni obroʻsizlantirishgat harakat qilib kelgan va unga bosim oʻtkazish orqali dars soatlarini oʻz tanishlariga oʻtkazib bergan.

Fuqaro O.Q.ning murojaati nazoratga olinib, viloyat Xalq talimi boshqarmasi bilan birgalikda ishchi guruh tuzilgan holda oʻrganildi. Oʻrganish davomida direktor oʻrinbosarining ish faoliyatida qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlanib, murojaatchidan qonunga zid ravishda olingan oʻquv soatlari oʻziga qaytarildi.

Bugungi kunda maktab direktori oʻrinbosari esa, egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid