Oʻzbekistonda yilning I choragi davomida soliq tushumlari 37,8 trln soʻmdan ortdi

Respublika boʻyicha 2023 yil I choragida soliq organlari tomonidan budjetga 37,8 trln soʻmdan ortiq tushumi taʼminlandi.
Jumladan, soliq turlari kesimida (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan):
- foyda soligʻidan 9,5 trln soʻm* (392,4 mlrd soʻmga yoki - 8,6%);
- QQSdan 8,4 trln soʻm (807,7 mlrd soʻmga yoki - 10,6%);
- JShODSdan 6,6 trln soʻm (1,4 trln soʻmga yoki - 26,5%);
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan 3,5 trln soʻm* (82,4 mlrd soʻmga yoki - 6,4%);
- yer soligʻidan 1,4 trln soʻm (311,4 mlrd soʻmga yoki -28%);
- mol-mulk soligʻidan 1,3 trln soʻm (372,9 mlrd soʻmga yoki - 39,5%);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan 205,8 mlrd soʻm (26,4 mlrd soʻmga yoki 14,7%) oʻsishga erishildi.
NKMK va OKMKdan tashqari
Shuningdek, aksiz soligʻidan 3,3 trln soʻm undirilib, yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda toʻlanadigan aksiz soligʻidan (AI-80 benzini uchun) imtiyoz berilganligi sababli tushumlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 mlrd soʻmga yoki 0,2 foiz kamaygan.