Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda

Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.
Mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga koʻpaygan.
Oʻzbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida oʻrtacha 57,6 ming kishiga oshgan.
2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda.




