platina.uz
Jamiyat

Namanganda MIB xodimiga pichoq bilan tashlangan shaxsga jinoyat ishi ochildi

U davlat ijrosini qasddan oʻldirmoqchi boʻlib pichoqni MIB xodimining koʻksiga urishga uringan.
Namanganda MIB xodimiga pichoq bilan tashlangan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Namanganda fuqaro MIB xodimiga pichoq bilan tashlandi.

Aniqlanishicha, davlat ijrochisi S.Badalboyev 10 aprel kuni soat 15:40 larda qarzdor fuqaro O.Toshboyev yashash xonadoniga 26 mln. 982 ming soʻmlik bank krediti va boshqa qarzdorliklarni undirish boʻyicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borilgan.

Shu orada davlat ijrochisi xonadonga kelganda qarzdor yoʻqligi maʼlum boʻlgan va telefon orqali kelishni soʻragan. Qarzdor esa turli bahonalar bilan kelmasligini maʼlum qiladi.

Shundan soʻng, davlat ijrochisi qarzdorlik bartaraf etilmagani bois majburiy ijro harakatlari tayinlanganini bildirib kelishini soʻraydi. Bundan gʻazablangan qarzdor O.Toshboyev esa, davlat ijrochisini qasddan oʻldirish maqsadida xoʻjalik pichogʻi bilan kelib, qonuniy faoliyatga qarshilik qilib, davlat ijrochisini koʻkrak qafasiga xoʻjalik pichogʻi bilan urmoqchi boʻlganida, oʻzini himoya qilgan va oʻng qoʻl kaft sohasidan jiddiy jarohat olgan.

Qarzdor yana davlat ijrochisini oʻldirish maqsadida uni ortidan quvgan vaqtda, ijro harakatlarida ishtirok etayotgan boshqa davlat xizmatchilari tomonidan qoʻlidagi xoʻjalik pichogʻi olib qoʻyilishi sababli, jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi.

Mazkur holat boʻyicha 2023 yil 10 aprel kuni Toʻraqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid