platina.uz
Jamiyat

DXX tomonidan Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Ulardan biri 1,7 mlrd soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan, ikkinchisi 500 dollar pora olgan.
DXX tomonidan Qashqadaryoda 2 nafar hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Yakkabogʻ tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs oʻzi norasmiy rahbarlik qiluvchi 2 ta MChJga qurilish materiallari sotib olish boʻyicha bankdan ajratilgan 1,7 mlrd soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlarini boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi holati DXX tomonidan aniqlandi.

Yana bir holatda esa Shahrisabz tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs mahalliy fuqaro foydalanib kelayotgan 5 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqib ketganidan xabardor boʻlib, unga ushbu yer maydonining 50 sotixini qoldirib berish evaziga 500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid