Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkiyada "Togg" brendi ostida ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil taqdimot qilindi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan nomidan yuborilgan mashina kalitini ushbu mamlakat sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank topshirdi. Davlatimiz rahbari elektromobil ruliga oʻtirib, uni haydab koʻrdi.




