platina.uz
Jamiyat

Avvaliga ishi yurishmagan, bugun esa shlakablok, penablok ishlab chiqarayotgan Boburjon

25 yoshli qahramonimiz bundan 3 yil oldin tadbirkorlikka qoʻl urgandi. Avvaliga ishlari u qadar rivojlanib ketmadi. Bugun esa shlakablok, penablok ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan.

Boburjon Abdullayev. U yashaydigan Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan Shoʻrqaqir mahallasida ham yoshlar muammolari mahallaning yoshlar yetakchisi orqali yechimini topyapti. 25 yoshli qahramonimiz bundan 3 yil oldin tadbirkorlikka qoʻl urgandi. Avvaliga Boburjonning ishlari u qadar rivojlanib ketmadi. Biznesini yanada kengaytish istagida boʻlgan tadbirkorga mahalla yoshlar yetakchisi koʻmak berdi. Shundan soʻng shlakablok yasaladigan manzilda penablok ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyildi.

“Ishimizning umumiy hajmini kengaytirmoqchi boʻldik. Yoshlar yetakchisi tomonidan taklif kelib tushdi. Ular tomonidan 33 million soʻm kredit mablagʻlari ajratilish taklifini qabul qildim. Qisqa vaqt ichida oʻzlari hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit chiqarib berishdi” deydi yosh tadbirkor Boburjon Abdullayev.

Boburjon kreditning maʼlum bir qismiga penablok ishlab chiqarish dastgohini sotib olgan. Bir yilning ichida ishlab chiqarish hajmini keskin oshirib, bugungi kunda kuniga 1 700- 1 800 dona penablok ishlab chiqarmoqda.

Imtiyozli kreditni maqsadli yoʻlda sarflagan tadbirkor yigitning faoliyati shu tariqa kengaydi. Mahsulotga talab ortishi bilan ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyoj ham kuchaydi.
Bugun ishchi oʻrni yaratib, jamoasi umumiy 7 kishini tashkil etadi. Ishchilarning oylik maoshi oʻrtacha 3 million soʻm atrofida.
Yosh tadbirkor faqat shu bilan chegaralanibgina qolmay, kelgusida qurilish materiallarini ham ishlab chiqarish istagida.

Maʼlumot uchun: Shoʻrqaqir MFY yoshlar yetakchisi Saidazim Saidahmedov bergan maʼlumotga koʻra, mahallada 1429 nafar yoshlar istiqomat qiladi. Mahallaning asosiy drayveri esa qishloq xoʻjaligidir.

Mahallalardagi ishsiz yoshlar muammolari xatlov jarayonlarida aniqlanib, yechimini topmoqda. Bu esa Bobur singari tadbirkorligini boshlash istagida boʻlgan yoshlar uchun qulay imkoniyat.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid