platina.uz
Jamiyat

“Zoʻravonlik — bizning madaniyatimiz emas!” – Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilishicha, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va voyaga yetmaganlarni zoʻravonlikdan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasini imzolagan.
“Zoʻravonlik — bizning madaniyatimiz emas!” – Saida Mirziyoyeva

“Men ushbu gʻalaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman! Oldinda ushbu moddalar ishlashi va jamiyat oʻzgarishi uchun qiyin va uzoq yoʻl turibdi.

Men barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyatlari, faollar va media — barcha-barchani bu jarayonga qoʻshilib, zoʻravonlikka qarshi kurashning yagona mexanizmiga aylanishga chaqiraman. Zoʻravonlik — jinoyat. Zoʻravonlik — bizning madaniyatimiz emas!” – dedi Saida Mirziyoyeva.

Avvalroq, senatorlar ayollar va bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunni qabul qilishgani va yangi qonun bilan 6 turdagi jinoyatlar uchun jazo choralari ogʻirlashtirilayotgani haqida xabar qilgandik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid