Xorazmlik pedofil mansabdorlar ishini Toshkent shahar sudi koʻradi

Oliy sud jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborish toʻgʻrisidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangidan apellyatsiya instansiya sudida koʻrish uchun yuborilgani haqida xabar qilingan edi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 393-moddasiga (jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazilishi) asosan ushbu jinoyat ishi apellyatsiya tartibida yangidan koʻrib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilganligi maʼlum qilinadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida koʻrib chiqilib, qoʻshimcha maʼlumot sud jarayoni yakuni boʻyicha beriladi.