platina.uz
Jamiyat

Xalq artistining uyida sodir boʻlgan oʻgʻirlik boʻyicha ichki ishlar masʼullari nima deydi?

Tarmoqlarda Oʻzbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaning uyidan 600 000 dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar oʻgʻirlangani haqida maʼlumotlar tarqaldi.
Xalq artistining uyida sodir boʻlgan oʻgʻirlik boʻyicha ichki ishlar masʼullari nima deydi?

Maʼlumotlarga koʻra, Malika Ahmedovaning ota-onasidan meros boʻlib qolgan tilla taqinchoqlar, brilliant va boshqa qimmatbaho toshlarni oʻtgan yilning 28 dekabr kuni xalq artistining uyiga oʻgʻri tushib, oʻgʻirlab ketgan.

Xalq artistining aytishicha, oʻgʻrilar tezda topilgan. Ammo qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. Ularning umumiy qiymati 600 ming dollarga baholangan.

Xalq artisti bu uyushtirilgan, degan gumonda. Bunga esa oʻgʻrilarning ushbu qilmishni sodir etishdan uch-toʻrt kun avval Navoiydagi qamoqxonadan chiqib, poytaxtga kelgani va uning uyiga oʻgʻirlikka tushganini sabab qilgan. Tergovchilarga bu haqda gumonini bildirganida esa, ular oʻgʻirlik sodir etganlar avval shu tumanda yashagan, degan javob bilan kifoyalanishgan.

Tergovchilar oʻgʻrilar bilmasdan qimmatbaho taqinchoqlarni 250 ming soʻmga sotib yuborishganini aytishgan. Jabrlanuvchi ushbu soʻzlarga ishonmayotganini aytmoqda.

Platina.uz ushbu holat boʻyicha Ichki ishlar vazirligidan izoh olishga urindi. Vazirlik matbuot xizmati esa tergovga oid maʼlumotlar va shaxsga oid axborot ochiqlanmasligini bildirdi. Biroq platina.uz Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga xalq artistining uyida sodir etilgan oʻgʻirlik va uning oqibatlari boʻyicha ish qayta koʻriladimi-yoʻqmi, yoki bu ish hali jarayondami, “yopilganmi”-yoʻqmi, sudga oshirilganmi kabi savollarni koʻndalang qoʻydi. Chunki bu savollarning javobi na tergov siri hisoblanadi, na shaxsga doir maʼlumot sanaladi.

Vazirlik matbuot xizmati esa bu haqda albatta maʼlumot taqdim etilishini bildirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid