platina.uz
Jamiyat

Toshkentda maktab oʻquvchisi vafot etdi

Kecha, 10 aprel kuni taxminan soat 17:30 larda Mirobod tumanidagi 110-maktabda 2009 yilda tugʻilgan 8-"Z"-sinf oʻquvchisi M.S.S. vafot etgan.
Toshkentda maktab oʻquvchisi vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Platina.uz saytiga maʼlum qilishicha, maktab kuzatuv kamerasi yozuvlari oʻrganilganda janjal yo kelishmovchilik holati kuzatilmagan.

Sud tibbiy ekspertizasining 11 apreldagi dastlabki xulosasiga koʻra, marhumning oʻlimiga "oshqozon osti beziga keng koʻlamli qon quyilishi, oʻtkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, oʻng koʻz yonida shilinma, ichki aʼzolari toʻlaqonligi, bosh miya va oʻpkalar shishi" sabab boʻlgan.

Hozir tergovga qadar tekshiruv olib borilyapti.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid