Toshkent viloyati hokimiyatiga quyosh panellari oʻrnatishga 2,5 mlrd soʻm ajratiladi

Pullar mahalliy byudjetning 2023 yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga oʻtkaziladi.
“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga ajratilgan mablagʻni belgilangan tartibda maqsadli va samarali sarflanishi topshirilgan.