platina.uz
Jamiyat

Gapirish va eshitishda nuqsoni boʻlsa-da, ammo qoʻli gul yosh hunarmand

Garchi 2 guruh nogironi boʻlsa-da, andijonlik 27 yoshli qoʻli gul hunarmand 3 yildan buyon sifatli stol-stullar yasab daromad topmoqda.

Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Boboxuroson mahallasida 1530 ta istiqomat qiladi. Ulardan biri Roʻzimuhammad Poʻlatov. 27 yoshli qahramonimiz II guruh nogironi. Gapirishda va eshitishda nuqsoni boʻlgan yigitning qoʻligul. U hunarmandchilik bilan 3 yildan buyon shugʻullanib keladi.
Buyumlar yasab daromad qilishni istagan ustaga mablagʻ kerak boʻladi. Bu jarayonda mahallaning yoshlar yetakchisi yordamini koʻrsatgan.

Hunarmandning turmush oʻrtogʻi Oʻktamoy HUSANBOYeVA turmush oʻrtogʻiga ishlarini yoʻlga qoʻyib olish uchun 5 million soʻmlik subsidiya ajratilganini, bu mablagʻga zarur boʻlgan yogʻochlar, taxta anjomlar olinganini maʼlum qildi.

Yosh oilaga yetakchi tavsiyasiga binoan 10 sotix yer ham ajratilgan. Unda oila oʻzi uchun kerak boʻlgan roʻzgʻor mahsulotlarini ekkan.
Berilgan imtiyozlardan unumli foydalanishni boshlagan yosh otaning oylik daromadi 2 million soʻm. Ammo qahramonimiz faqat shu mablagʻ bilan toʻxtab qolmoqchi emas. U kelajakda hunarmandlar markazini tashkil qilib, sohaga qiziqqan ishsiz yoshlarning ham bandligini taʼminlamoqchi. Bu masalada ham yoshlar yetakchisi birinchilardan boʻlib yordam berish niyatida.

Turmush oʻrtogʻining faoliyatidan ruhlangan Oʻktamoy yoshlar yetakchisiga "menga ham subsidiya ajrating" deya murojaat qildi.
Maqsad esa kelinlar sarposi uchun koʻrpa-toʻshaklar tikib sotish. Oʻktamoyning ham maqsadi amalga oshib, samimiy, mehnatkash va maqsadlari ulkan boʻlgan yosh oila bugungi kunda berilayotgan mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid