Surxondaryoda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati inspektori 800 AQSh dollar pora bilan qoʻlga olindi

Maʼlum qilinishicha, Surxondaryoning Uzun tumanida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati inspektori oynalarini maxsus ruxsatnomasiz qoraytirib olgan haydovchidan holat boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga 800 AQSh dollar olayotgan paytda qoʻlga olingan. Unga nisbatan pora olish (JK, 210-modda) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.