platina.uz
Jamiyat

Yetarli ovozni toʻplagan, ammo gʻolib boʻlmagan loyihalarga ham qoʻshimcha 1,3 trln soʻm mablagʻ ajratiladi

"Tashabbusli byudjet" jarayonlarining 2023 yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha 1,3 trln soʻm mablagʻ ajratiladi.
Yetarli ovozni toʻplagan, ammo gʻolib boʻlmagan loyihalarga ham qoʻshimcha 1,3 trln soʻm mablagʻ ajratiladi

Bunda, qoʻshimcha 1 182 ta mahalla boʻyicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Shuningdek, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib boʻlmagan loyihalar tahlili oʻtkazilib, 2024 yil uchun byudjet soʻrovida ularni taʼmirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini roʻyxatga kiritish koʻzda tutiladi.

Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bogʻcha va 32 ta tibbiyot muassasalarida taʼmirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid